Xorazmda fermer xo'jaligi rahbari kredit uchun garovga qo'yilgan issiqxonani buzib tashladi

Issiqxona jihozlarini o'z maqsadlari yo'lida ishlatib yuborgan

Foto: prokuratura departamenti

Foto: prokuratura departamenti

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida garovdagi mulkini oʻzlashtirgan fermer xoʻjaligi rahbari aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Yangibozor tumani boʻlimi tomonidan “Xalq banki” Yangibozor filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Tekshiruvda “Z.B.” fermer xoʻjaligi rahbari naslli qoramol sotib olishga ajratilgan 237,6 ming dollar miqdoridagi kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyilgan 616,1 mln soʻmlik issiqxonani buzib tashlab, jihozlarini boshqa maqsadlarda ishlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda fermer xo'jaligi raisi o'zi rahbarlik qilayotgan yerlarning bir qismini 100 ming dollarga sotishga uringani xabar qilingan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling