Surxondaryoda 100 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

Fermer xo'jaligi raisi o'zi rahbarlik qilayotgan yerlarning bir qismini sotishga uringan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

23-noyabr kuni Surxondaryoda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy “yer savdosi”ga chek qoʻyish uchun tadbir o'tkazildi.  Unda noqoqnuniy yer sotishga uringan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda "O'zA".

DXX Bosh prokuratura bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda 100 ming dollarga yer sotishni rejalashtirgan shaxs qoʻlga olingan.

Ma'lum qilinishicha, Denov tumanida yashovchi, “Qoraxon Xalifa Denov” fermer xoʻjaligi raisi oʻzi rahbarlik qilayotgan yer maydonlaridan 1 gektar qismini fuqaroga sotishga uringan.

Fermer xo'jaligi raisi fuqaroga yerni 100 ming  dollarga sotishga kelishib, ushbu pullardan 20 ming dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qoʻlga olingan.

Avvalroq, Andijonda sobiq hokim maktab yerini noqonuniy sotib yuborgani xabar qilingandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling