Foto: Teznews
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning xizmat avtomobilida YTH sodir etilgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu holat yuzasidan Viloyat hokimligi axborot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 7-oktyabr kuni sodir boʻlgan. Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi "Toyota Land Cruiser" rusumli mashina Namangan-Uychi-Uchqoʻrgʻon yoʻlining 8-kilometrida yoʻlni kesib oʻtayotgan, 5 yoshli bolani turtib yuborgan.
Viloyat hokimligi axborot xizmatiga koʻra, bolakay zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Tibbiy tekshiruvlar natijasida jabrlanuvchida jiddiy shikastlanish aniqlanmagani, faqatgina yuz sohasida shilinish boʻlgani, qoʻshimcha davolanish talab etilmasligi aytilmoqda.
“Hozirda yoʻlovchining ahvoli yaxshi va oʻzining uyida odatdagi hayotiy faoliyatini davom ettirmoqda”, deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling