Foto: Yuz.uz
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi 1-noyabrdan boshlab test rejimida 24/7 ishlashni boshlaydi. Bu haqda Alisher Sa'dullayev o'zining Twitter sahifasida maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, ayni paytda vazirlik va idoralar bilan jarayonni rasmiy yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Xususan, xodimlarning tungi ish vaqti, mehnat tartibi va maosh toʻlash kabi masalalarni hal etish choralari koʻrib chiqilmoqda.
Maʼlumot uchun, hozirda Milliy kutubxona ish kunlari soat 8:00 dan 21:00 ga qadar, dam olishkunlari (shanba va yakshanba) esa 9:00 dan 17:00 ga qadar kitobxonlarni qabul qiladi.
Avvalroq, Yoshlar ishlari agentligi direktori va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining raisi Alisher Sa'dullayevga Twitter tarmog'idagi foydalanuvchilar Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona ish vaqtini 24 soat qilib berishni va dam olish kunlari ham uzliksiz ishlashini ta'minlab berishini so'rab murojaat qilishgani haqida xabar berilgan edi.