Namanganda "Malibu" va “Jiguli” ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo'ldi — video

Haydovchi “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan tuman shifoxonasida vafot etgan

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Namangan viloyatida “Jiguli” va Malibu ishtirokida roʻy bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida haydovchilardan biri halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15-noyabr kuni 09:30 larda Kosonsoy—Toʻraqoʻrgʻon avtomobil yoʻlining 22-kilometrida 62 yoshli erkak boshqaruvidagi “VAZ-2101” ikkinchi darajali yoʻldan asosiy yoʻlga chiqqan. 

Shundan so'ng, "Jiguli" haydovchisi chap tomondan kelayotgan "Malibu"ni oʻtkazib yubormasdan YTH sodir etgan.

Oqibatda “VAZ-2101” haydovchisi “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.

Avvalroq, Jizzaxda bo'lga YTHda "Nexia" haydovchisi halok bo'lgani haqida xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar