Jizzaxda ro'y bergan YTHda Nexia haydovchisi halok bo'ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Foto: Jizzax viloyat IIB

Foto: Jizzax viloyat IIB

Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida haydovchi halok boʻldi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, tumanning “Oltin vodiy” MFY hududidan oʻtgan Oltin vodiy—Doʻstlik yoʻnalishida Gʻallaorol tumani “Korizquduq” mahallasida yashagan haydovchi  Nexia avtomobilini haydab ketayotib, boshqaruvni yoʻqotgan.

Oqibatda avtomashina yoʻl chekkasidagi daraxtga urilib, haydovchi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Avvalroq, Samarqanddagi YTHda uch kunlik chaqaloq halok bo'lgani haqida xabar bergan edik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar