Foto: shutterstock
Keniyalik xavfsizlik boʻyicha mutaxassis Jon Kibuye jahon chempionati oʻyinlari oʻtkazilayotgan “Lusail” milliy stadionining sakkizinchi qavatidan yiqilib tushib, kasalxonada vafot etdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, marhum 24 yoshda boʻlgan. U voqea sodir boʻlganidan soʻng Doha umumiy kasalxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Marhumga bosh qismining ogʻir darajada shikastlanishi, yuz va tos suyaklari sinishi tashxisi qoʻyilgan.
Kasalxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan Jon Kibuye voqeadan uch kun oʻtgach, 13-dekabr kuni vafot etgan.
Avvalroq, Qatardagi JCH—2022 vaqtida ikki nafar jurnalist vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling