Foto: Instagram
Toshkentda instabloger axloqsiz foto va videolar tarqatgani uchun 5 sutkaga qamalgani xabar qilingandi.
Ushbu qiz sud tomonidan belgilangan jazoni oʻtab chiqqach, kasb-hunarga oʻqitilib, doimiy ishga joylashtiriladi. Bu haqda Toshkenit shahar hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nodira Umarova maʼlum qildi.
“Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlarda oʻzining axloqsiz qiliqlari, behayo rasmlari va videolari bilan fuqarolarning muhokamasiga sabab boʻlgan 20 yoshli fuqaroni topib, oʻzi bilan gaplashildi.
Sud jarayonida qilgan ishlari notoʻgʻriligi, oʻzi afsusda ekanligini inobatga olib, unga nisbatan 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Qamoq jazosidan soʻng fuqaro toʻliq nazoratga olinib, kasb-hunarga oʻqitilishi va doimiy ishga joylashtirishi belgilandi.
Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan fuqaro bilan doimiy ish olib borib, psixologlar yordamida korreksion ishlar oʻtkazilishi belgilab olindi”, dedi Nodira Umarova.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling