Toshkentda talabalarni kvartiradan haydab chiqarish holatlari kuzatilmoqda — video

Bu holatga sabab mobilizatsiyadan qochib O'zbekistonga kelayotgan rus fuqarolari oqimi ekanligi aytilmoqda

Videodan Kadr

Videodan Kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda kvartira egasi talabalarni uydan haydab chiqarayotgani haqida video tarqaldi.

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko'pchilik murojaatlar aynan shu mazmunda bo'lmoqda.

Mobilizatsiyadan qochib O'zbekistonga rus fuqarolarining kelganini sabab qilib ko'rsatib uy egalari narxlarni keskin ko'tarmoqda yoki talabalarni haydab chiqarmoqda.

Avvalroq, Toshkentda rossiyaliklarning oqimi tufayli kvartiralar ijara narxi keskin ko'tarilib ketgani haqida ma'lumot bergan edik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling