Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda deputat mahalla raisini daraxtlarni kesish uchun dalolatnomaga "pechat" bosmagani uchun uni haqoratlagan videosi tarqaldi.
Ma'lum qilinishicha, videodagi deputat Ulugʻbek Xamidov Uchtepa tumani 5-Foziltepa saylov okrugidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati hisoblanadi.
U Yunusobod tumani, “Tiklanish” MFY raisi Toxir Sabirovdan Tiklanish 1-berk koʻchasida qurilish qilishi uchun koʻchadagi daraxtlarni kestirish uchun dalolatnomaga qo'l qoy'ib berishini so'ragan.
Qayd etilishicha, deputat qoʻshnilar bilan kelishib dalolatnoma tuzgan va shu dalolatnomaga imzo qoʻyib, muhr bosmaganligi uchun mahalla raisini soʻkib, xaqoratlagan.
Hozirda voqea yuzasidan rasmiy ma'lumotlar berilmagan.
Avvalroq, Qashqadaryoda deputat maktab o'quvchisini do'pposlab, jurnalistni haqoratlagani uchun maqomidan mahrum qilingani xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling