Foto: Tez News
Oʻzbekistonda 4-dekabr kuni 153 nafar odamda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, yangi kasallanganlarning:
- 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
-
9 nafari Buxoro viloyatida,
-
4 nafari Jizzax viloyatida,
-
7 nafari Namangan viloyatida,
-
6 nafari Samarqand viloyatida,
-
5 nafari Fargʻona viloyatida,
-
2 nafari Xorazm viloyatida,
-
34 nafari Toshkent viloyatida,
- 84 nafari Toshkent shahrida
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, 3-dekabr holatiga koʻra, 162 nafar, 2-dekabr holatiga koʻra esa 156 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.