Foto: Tez News
Oʻzbekistonda 2-dekabr kuni 156 nafar odamda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, yangi kasallanganlarning:
- 4 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 10 nafari Namangan viloyatida,
- 14 nafari Samarqand viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 5 nafari Fargʻona viloyatida,
- 4 nafari Xorazm viloyatida,
- 15 nafari Toshkent viloyatida,
- 82 nafari Toshkent shahrida.
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, 1-dekabr holatiga koʻra, 159 nafar, 30-noyabr holatiga koʻra esa 154 nafaf fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling