Onlayn mahalla sayti logotipi / Skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda “Onlayn Mahalla” sayti va "JJC Business World" ilovasi logotiplari o‘rtasidagi o‘xshashlik keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
Quyida ikkita dizayn logotiplari aks etgan. Ko'rib turganingizdek, ularning farqi faqat yozuvlarida.

Foto: Telegram
Qayd etish joizki, "JJC Business World" ilovasi oxirgi marta 2020-yil 21-dekabrda yangilangan. Ishlab chiqaruvchi - "Hindistonning Orange Technolab" kompaniyasi bo'lib, uning turli mamlakatlarda bir nechta filiallari mavjud.
"JJC Business World" ilovasi va uning xizmatlari ko‘plab kundalik vazifalarni sodda va foydalanuvchilar uchun qulay qilish uchun mo‘ljallangan”, — deb o‘z mahsulotini ta’riflaydi dasturchi.
Eslatib o‘tamiz, “Onlayn Mahalla” elektron platformasini ishlab chiqish uchun 8,4 milliard so‘m (755 ming dollar) sarflangani haqida ma'lumot berilgandi.