Foto: Repost.uz
Xitoy va amerikalik olimlar havo ifloslanishi tufayli yiliga 1 mln bola oʻlik tugʻilishini aniqladi. Bu haqda "BBC" xabar berdi.
Olimlarning tadqiqotlari natijasi "Nature" jurnalida chop etilgan. Ular birinchi marta havodagi mikrozarralarning yuqori konsentratsiyasi homilaga qanday taʼsir qilishini oʻrganib chiqdi.
Olimlar guruhi 1998-2016-yillarda 54 ta past va oʻrta daromadli davlatda qayd etilgan 45 mingta tugʻruq holatini oʻrganishi natijasida olingan maʼlumotlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlariga tatbiq qilindi.
Maʼlumot uchun, aynan shu davlatlar hissasiga chaqaloqning oʻlik tugʻilish holatlarining 98 foizi toʻgʻri keladi.
Avvalroq Toshkent shahri havoning ifloslanish ko'rsatkichi bo'yicha dunyoda yuqori o'rinlardan joy olgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling