Kiyevda elektr energiyani tejash maqsadida trolleybuslar o'rniga avtobuslar harakati yo'lga qo'yiladi

Bu 2-noyabrdan boshlab amalga oshiriladi

Foto: Aspi.com<br>

Foto: Aspi.com

Ukraina poytaxti Kiyevda elektr quvvati yukini kamaytirish maqsadida 2-noyabrdan boshlab shahardagi trolleybus yoʻnalishlarida avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda shahar meri Vitaly Klichko oʻzining Telegram sahifasida maʼlum qildi.

“2-noyabrdan boshlab poytaxtning barcha trolleybus yoʻnalishlarida avtobuslar harakatlanadi. Biz buni energiya tizimidagi yukni kamaytirish va elektr energiyasini tejash maqsadida qilyapmiz”, — deb yozadi Vitaly Klichko.

Uning qoʻshimcha qilishicha poytaxtda qishda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda shahar aholisi uchun mingga yaqin issiqlik punktlarini ishga tushirishga tayyor.

Avvalroq, Kiyevda 320 ming xonadon elektr taʼminotisiz qolgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling