Moskvada avtobuslardan Rossiya armiyasida xizmat qilishga chaqiruvchi o'zbek tilidagi e'lonlar olib tashlandi

Migratsiya markazi rahbari ikki oy muddatga ba'zi avtobuslarga e'lonlar joylashtirilganini tan oldi

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Avvalroq, Moskvadagi jamoat transportlarida oʻzbek, qirgʻiz va tojik tillarida Rossiya armiyasiga yollanishga jalb qiluvchi eʼlonlar joylashtirilgandi.

Moskva avtobuslarida Rossiya qurolli kuchlarida xizmatga chaqiruvchi oʻzbek tilida eʼlonlar paydo boʻlgani haqida xabar bergandik.

Eʼlonda “Rossiya Qurolli kuchlarida shartnoma boʻyicha harbiy xizmatga kirganingizda, Rossiya prezidenti farmoniga muvofiq soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishingiz mumkin”, deyilgan.

Maʼlum qilinishicha, “Mosgortrans”dagilar TASS agentligiga eʼlonlar “Saxarovo” migratsiya markazi rahbariyati murojaati asosida ikki oy muddatga MS1, MS2 va MS3 yoʻnalishlaridagi avtobuslarga joylashtirilgan boʻlganini xabar qilgan.

"Hozirda bu kabi e'lonlar efirdan olib tashlangan", deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiya hududida boʻlgan oʻzbekistonliklarni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari safiga qoʻshilmaslikka, mojaro zonalariga bormaslikka va harbiy harakatlarda qatnashmaslikka chaqirgan edi. Aks holda ular jinoiy javobgarlikka tortiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling