Parijdagi Madam Tyusso muzeyida ekofaollar qirol Charlz III haykaliga tort otishdi — video

Faollar hukumatdan neft va gaz litsenziyalarini to'xtatilishini talab qilgan

Videodan lavha

Videodan lavha

Just Stop Oil faollari Londondagi Madam Tyusso muzeyida qirol Charlz III ning mumdan yasalgan haykaliga hujum qilish bilan norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Namoyishchilar shokoladli tort bilan yangi qirolning mum haykaliga qilgan hujumlarini videotasvirga yozib olishgan.

Guruh bo'lib o'tgan norozilikni tushuntirish uchun voqeadan keyin ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilgan. Guruhning ta'kidlashicha, "Just Stop Oil" ning ikki tarafdori qirol Charlz III ning Madam Tyusso mumidan yasalgan modeliga shokoladli tort bilan hujum uyushtirgan va hukumatdan barcha yangi neft va gaz litsenziyalari to'xtatishni talab qilgan.

Avvalroq, ekofaollar Monening qiymati 110 mln dollardan ko'proq turadigan kartinasiga kartoshka pyuresi uloqtirgani haqida xabar bergan edik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar