Foto: Teznews
Toshkent koʻchalarida behuda yonib turgan chiroqlar va reklama illyuminatsiyalarini oʻchirish boshlangani xabar berilgandi.
“Toshshaharnur” poytaxt koʻchalaridagi yoritish chiroqlari va reklamalar oʻchirilganidan keyin qancha elektr energiyasi tejalganini maʼlum qildi.
Unga koʻra, poytaxtdagi reklama monitorlari va koʻchalarni yoritish chiroqlarini oʻchirish natijasida Toshkentda kunlik elektr energiyasi sarfi 25 foizga kamaygan. Xususan, oktyabr oyida oʻrtacha kunlik isteʼmol 115,9 ming kVt/soatni tashkil etgan boʻlsa, hozirgi kunda bu 87,8 ming kVt/soatni tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, poytaxtning oʻrtacha kunlik elektr energiyasi isteʼmoli taxminan 25,7 mln kVt/soatga teng boʻlib, koʻcha yoritish tarmoqlari kuniga oʻrtacha 111,1 ming kVt/soat elektr energiyasini isteʼmol qiladi. Bu esa umumiy elektr energiyasi sarfining 0,4 foizini tashkil qiladi.
Korxona bergan maʼlumotga koʻra, hozirgi vaqtda Toshkent shahridagi yoritgichlar umumiy soni 140 mingga yaqin boʻlib, ularning oʻrtacha yillik isteʼmoli 40 mln kVt/soatga teng.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling