Maktab o'quvchilari qishki ta'tilga qachondan chiqishlari aytildi

Qishki ta'til 14 davom etadi, 11-yanvardan III chorak boshlanadi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, maktab oʻquvchilari uchun II chorakning soʻnggi kuni 27-dekabrga toʻgʻri kelib, 28-dekabr kuni qishki taʼtilning ilk kuni sanaladi.

Taʼtil 14 kalendar kun davom etadi va III chorak 2023-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

Eslatib o'tmiz, O‘zbekistonda kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 26-dekabrdan boshlanishi xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling