Foto: Telegram
Qirgʻizistondagi barcha maktablar 24-dekabrga qadar onlayn oʻqitishga oʻtkaziladi. Bu haqda Jogorku Kenesh yigʻilishida taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari Nodira Jusupbekova maʼlum qildi, deb yozmoqda “24.kg” nashri.
Qayd etilishicha, ushbu qaror, Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlari asosida qabul qilingan.
“Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, hozir yuqumli kasalliklar tarqalishining eng yuqori choʻqqisi. Kasallikning kuchayishi munosabati bilan biz respublikadagi barcha maktablarni onlayn taʼlimga oʻtkazyapmiz”, — deydi u.
Eslatib oʻtamiz, 15-dekabr kuni Qirgʻizistonda epidemiologik vaziyat tufayli 500 dan ortiq maktab yopilgani haqida xabar berilgan edi.
Avvalroq, havoning keskin sovib ketishi sababli Qozogʻistonning bir nechta viloyatlaridagi maktab oʻquvchilari onlayn taʼlimga oʻtkazilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling