Foto: iStock
O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Zilzila soat 07:07 da qayd etilgan, episentri Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan. Kattaligi M=3,4, chuqurligi 15 kmni tashkil qilgan.
Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 263 km.
Eslatib o'tamiz, Oʻzbekistonda 14-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 15:42 da bir kun ichida uchinchi marta zilzila sodir boʻlgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling