Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbol boʻyicha jahon chempionati birinchi turi doirasida Argentinani magʻlub etgani haqida xabar berilgan edi.
Maʼlum qilinishicha, Saudiya Arabistoni podshosi jahon chempionatida Argentina magʻlub etilishi munosabati bilan 23-noyabrni dam olish kuni deb eʼlon qildi.
Maʼlumot uchun, uchrashuvda dastlab Lionel Messi 10-daqiqada penaltidan hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq, 2-boʻlim boshlanishi bilanoq arabistonliklar bor kuchlari bilan oldinga tashlanishdi. Natijada 5 daqiqa ichida ikkita gol urishga muvaffaq boʻlishdi. Bundan tashqari qizgʻin kechgan bahsda Argentina terma jamoasining 3 ta goli offsayd sababli hisobga olinmadi.
Taʼkidlash kerak, Saudiya Arabistoni oʻz tarixida toʻrtinchi marta jahon chempionatidagi oʻyinda gʻolib chiqdi. Mazkur turgacha Saudiya Jahon chempionati oʻyinlarida faqat uchta Misr ustidan (2:1) jahon chempionati-2018, Belgiya (1:0) va Marokash (2:1) ustidan jahon chempionati-1994 da gʻalabani qoʻlga kiritgan:
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling