Namanganda is gazidan zaharlanish oqibatida uch kishi vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Namangan viloyatining Pop tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida uch kishi halok boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uzʻga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 20-noyabr kuni soat 16:00 larda tumanning “Tinchlik” mahallasida yashovchi 51 yoshli fuqaro voyaga yetmagan 6 yoshli nabirasi hamda mehmonga kelgan qaynonasi 74 yoshli uyni isitish uchun oʻrnatilgan temirdan yasalgan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ijarada yashab kelgan qiz is gazidan zaharlanib vafot etgani toʻgʻrisida xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling