Qashqadaryoda is gazidan zaharlanib vafot etgan 17 yoshli qiz haqida qo'shimcha ma'lumot berildi

Marhuma ushbu uyda vaqtinchalik ogʻzaki kelishuvga asosan yashab kelgan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ijarada yashab kelgan 17 yoshli abituriyent qiz is gazidan zaharlanib vafot etgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan “Repost.uz” ga qoʻshimcha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 17 yoshli abituriyent qiz Qarshi shahar “Mahallot” MFY Ahmad Yassaviy koʻchasidagi uyda vaqtinchalik ogʻzaki kelishuvga asosan yashab kelgan. U xonadonning hammomiga oʻrnatilgan gaz pechini yoqib, yuvinish jarayonida gaz pechidan sizib chiqqan iz gazining koʻpayib ketishi oqibatida zaharlanib, vafot etgan.

Xabarga koʻra, marhumaning oʻlimi sabablarini oʻrganish yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Xorazm viloyatida ikki nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling