Xorazm viloyatida ikki nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Foto: DW<br>

Foto: DW

Xorazm viloyati Urganch shahrida ikki nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Repost.uz” ga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 13-noyabr kuni soat taxminan 19:30 larda Xorazm viloyati Urganch shahrida ijara asosida yashovchi 21 yoshli va 15 yoshli fuqarolar xonadonda oʻrnatilgan qoʻlbola usulda tayyorlangan isitish qozonidan ajralib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Avvalroq, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 63 yoshli ayol va uning ikki nevarasi is gazidan zaxarlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling