Qashqadaryoda 17 yoshli abituriyent qiz o'zi ijarada yashaydigan uydan o'lik holda topildi

Qizning jasadi uyning hammomidan topilgan

Foto: Xalq so'zi<br>

Foto: Xalq so'zi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi 17 yoshli qiz oʻzi ijarada yashaydigan uydan oʻlik holda topilgan. Bu haqda Nasafnews xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qarshi shahri “Mahallot” mahallasi Ahmad Yassaviy koʻchasida joylashgan uyda ijarada yashab kelayotgan qiz is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Xabarga koʻra, 17 yoshli qizning jasadi uyning hammomidan topilgan. Marhuma Koson tumanida istiqomat qilgan. U Qarshi shahridagi oʻquv markazida tahsil olgani uchun “Mahallot” mahallasidagi xonadonda ijarada yashagan.

Hozirdan mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Xorazm viloyatida ikki nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar