Foto: Haberturk
Turkiyaning Istanbul shahri markazida yuz bergan portlash ishi boʻyicha 46 kishi qoʻlga olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, mazkur portlash tasvirlangan videolar orasida ushbu holatda gumonlanuvchi ayol ichida portlovchi qurilma boʻlgan sumkani qoldirib, qochib ketayotgani aks etgan videolar tarqalgan.
Mahalliy politsiyaning maʼlum qilishicha, ushbu gumondor qoʻlga olingan. Uning ijara kvartirasidan pistolet va oʻq-dorilar topilgan.
Avvalroq, 13-noyabr kuni Istanbulning Istiqlol koʻchasida — shaharning asosiy piyodalar koʻchasida portlash sodir boʻlgani va mazkur voqea oqibatida 81 kishi yaranlagni hamda 6 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling