Kuni kecha o‘zbek shou-biznesining yana bir oilasi barbod bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga koʻra, Farruh Raimov turmush oʻrtogʻi Dilso‘z bilan ajrashayotganini ma’lum qildi.
Xonanda Farrux Raimov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat qilgani haqida xabar bergan edik.
Videomurojaatida xonanda o'zi duch kelayotgan muammolar haqida gapirgan. Farrux Raimovning soʻzlariga koʻra u oʻz biznesini ochishga uringan, ammo bankrot bo'lgan, buning ortidan xonanda oilasida turli tushunmovchiliklar yuzaga kelgani va shuni ortidan oilasidan ayrilganini taʼkidlagan.
Ushbu videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda koʻp mulohazalarga sabab boʻldi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar xonandani hayotining og‘ir pallasida turmush o‘rtog‘ini tashlab ketganini aytib, bu holat uchun Dilsoʻzni ayblay boshladi.
Shundan soʻng, Dilsoʻz ushbu xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
"Oilamizda 4 farzandning to‘liq ta’minoti, ro‘zg‘orni tebratish, uy uchun olingan bank kreditini to‘lash, kommunal to‘lovlar, hamma xarajat mening bo‘ynimda bo‘lgan va bundan nolimaganman. Bugunga kelib, 4 farzandim katta bo‘layotgani uchun erimga ortiqcha pul berishni to‘xtatganim uchun aybsiz aybdor bo‘lib qoldim", – deydi xonanda.
Dilsoʻzning qoʻshimcha qilishicha, ular hali qonunan ajrashgani yoʻq.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling