Shavkat Mirziyoyev Xitoy sobiq raisining vafoti munosabati bilan Si Szinpinga ta'ziya yo'lladi

Prezident Si Szinpinga hamda marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan

Foto: KazTAG<br>

Foto: KazTAG

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasining sobiq Raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qoʻshgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi davlat rahbarining maktubida.

Shuningdek, prezident Si Szinpinga hamda marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Avvalroq, Xitoyning sobiq prezidenti Szyan Szemin 96 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar