Uyatsiz videolari uchun jazolangan bloger qamoqdan chiqqanidan so'ng nimalar dedi? - foto

U o'zining ishini ko'rib chiqqan sudyalarga minnatdorchilik bildirgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Sevinch Sa’dullayeva odob-axloqqa to'gri kelmaydigan videolari sabab 5 sutkaga qamlgani haqida xabar berilgan edi. 

Toshkent shahar sudlarida videolavhalar odob-axloq me’yorlariga zid deb topildi. Jamiyatdagi o‘zini tutish qoidalariga e’tibor bermay, jamoat tartibini buzgan qiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilib, besh sutkaga ma'muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Biroq bloger sudga apellyatsiya arizasi bilan chiqib, o‘z arizasida qilmishidan pushaymonligini bildirgan va sud tomonidan tayinlangan jazoni yengillashtirishni so‘ragan.

15-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudlov hay’ati jinoyatchining shikoyatini ko‘rib chiqib, jazoni yengillashtirdi va ma'muriy qamoqqa olish 5 sutkadan 4 sutkaga qisqartirgan edi.

Qamoqdan chiqqanidan so'ng bloger foydalanuvchilarga ma'muriy qamoq jazosi o'tayotgan paytida o'zining ahvoli qanday bo'lgani haqida gapirib, "stories" joyladi.

"To'rt kun, xuddi to'rt yil o'tdi. Sudyalarimizga va militsiya bo'limiga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Allohga shukur, o'zi yordam berdi. Men aslida sabrli qizman. Mendan havotir olganinglar uchun rahmat. Hozir tomog‘im qattiq og‘riyapti, bunday sovuq kunda unaqa joylarga borishni dushmanimgayam ravo ko'rmayman. Tez kunda yana aloqaga chiqaman”, deb yozadi Sevinch.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling