Metroga kirish paytida sumkasida bomba borligini aytgan qiz 5 sutkaga qamaldi

Qiz kayfiyati yaxshi bo'lganligi uchun hazillashganini aytgan

Foto: IIV

Foto: IIV

Metrodagi tekshiruv vaqtida sumkasida bomba borligini aytgan qizga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining qarori bilan 19 yoshli qiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 199-moddasi (maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirish) bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq, Toshkentda 19 yoshli qiz metroga tushish jarayonidagi tekshiruvda metropoliten xodimlariga  sumkasida bomba borligini aytgani va hozirda  Shayxontohur tumanidagi 3-sonli ichki ishlar bo'limiga olib ketilgani haqida xabar bergan edik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling