"O'zbekiston va Qozog'iston bilan gaz bo'yicha hamkorlik g'oyasida geosiyosiy o'yinlar yo'q" — Lavrov

Rossiya TIV rahbari uch tomonlama gaz ittifoqi tuzilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Rossiya tashqi ishlar vaziri Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan uch tomonlama gaz ittifoqi tuzilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Uning maʼlum qilishicha, mazkur uch tomonlama ittifoqi tuzish gʻoyasida hech qanday geosiyosiy oʻyin yoʻq.

“Ayni vaqtda Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida gaz boʻyicha “uch tomonlama” loyiha shakllantirish tashabbusi muhokama qilinmoqda. Tahlilchilar, ayniqsa Gʻarbdagilar darhol bu qandaydir siyosiy yoki geosiyosiy “oʻyin” ekani haqida gapira boshlashdi. Bu yerda hech qanaqa “oʻyin” yoʻq”, — deydi Lavrov.

Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatlar umumiy gaz tashish tizimiga ega va barcha tomonlar isteʼmolning mavsumiy choʻqqilarini hisobga olgan holda gaz taʼminoti buzilmasligidan manfaatdor.

“Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston – umumiy gaz tashuv tizimiga ega qoʻshnilardir. Ular gaz isteʼmolining mavsumiy yuqori choʻqqilarini hisobga olgan holda gaz taʼminoti uzilib qolmasligidan manfaatdordir", — deya qoʻshimcha qilgan Rossiya TIV rahbari.

Avvalroq, Putin Rossiya, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida uch tomonlama ittifoq tuzishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling