Foto: Xorazm viloyati ekologiya qo'mitasi matbuot xizmati
Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida 80 dan ortiq daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Xorazm viloyati ekologiya qo'mitasi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Qoʻshkoʻpir tumanida 100 dan ortiq daraxtlar kesib tashlanibdi” sarlavhasi ostida videomurojaat tarqalganidan soʻng, Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Rasulbek” fermer xoʻjaligida oʻrganish ishlari olib borilgan.

Foto: Xorazm viloyati ekologiya qo'mitasi matbuot xizmati
Oʻtkazilgan oʻrganish ishlari davomida fermer xoʻjalik yer maydoni hududida 83 tup har xil kattalikdagi terak, jiyda hamda turongʻil daraxtlari qoʻporilganligi, shu bilan birga 3 tup daraxt shikaslanganlik holati aniqlandgan.

Foto: Xorazm viloyati ekologiya qo'mitasi matbuot xizmati
Xabarga koʻra, hozirda holat yuzasidan qonuniy chora koʻrish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryoda 51 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.