Qashqadaryoda 13 yoshli bola is gazidan zaharlanib vafot etdi

Xonadonda 3 nafar voyaga yetmagan fuqaro is gazidan zaharlangan

Foto: FVV<br>

Foto: FVV

Qashqadaryoda 3 nafar voyaga yetmagan fuqaro is gazidan zaharlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Repost.uz”ga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 11-dekabr kuni soat taxminan 10:20 larda sodir boʻlgan. Unga koʻra Qarshi shahri, Paxtazor mahallasida yashovchi 13 yoshli bola yashash xonadonida gaz prlitasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Shuningdek, 11 yoshli va 9 yoshli voyaga yetmagan fuqarolar zaxarlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Qarshida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling