Foto: Yandex source
Qozogʻistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari boshlangani haqida xabar berilgandi. Ovoz berishning natijalariga koʻra, mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev 82,45 foiz ovoz bilan raqobatchilaridan ilgarilab ketdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toʻqayev katta farq bilan ustunlikka erishgan. Undan keyingi oʻrinni “Ovul” Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan chiqqan nomzod Jiguli Dayrabayev egallagan.
Shuningdek, qizlari chet elga turmushga chiqqan ota-onalarga soliq solishni taklif qilgan “Professional ijtimoiy ishchilar milliy alyansi” respublika jamoat birlashmasi vakili Karakat Abden — 2,54 foiz;
Qozogʻiston kasaba uyushmalari hamdoʻstligi “Amanat” kasaba uyushmalari respublika birlashmasidan Meyram Kajiken — 2,23 foiz;
Umummilliy sotsial-demokratik partiyadan Nurlan Ausebayev — 2,17 foiz;
“Qazaq analari — dasturge jol” respublika jamoat birlashmasidan Saltanat Tursunbekova — 2,08 foiz ovoz toʻplashga muvaffaq boʻlgan boʻlsa, 5,2 foiz saylovchilar hech kimga ovoz bermaslikni maʼqul koʻrgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling