O'zbekiston — Rossiya futbol uchrashuvida totalizator reklama qilindi

Bungacha O‘zbekiston qimor o‘yinlari, lotereyalar va bukmekerlik idoralarini reklama qilish uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilgan edi

Foto: UFA

Foto: UFA

O‘zbekiston va Rossiya futbol terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi durang (0:0) bilan tugadi.

Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tdi. Ikki bo'lim yakunida ham futbolchilar raqiblarining darvozasiga yo'l topa olmadilar.

Biroq o'yin bu bilan esda qolmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda uchrashuv vaqtida bannerlarda bukmeyker kompaniyalaridan biri reklama qilingani aks etgan fotolar tarqaldi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Adliya vazirligi qimor oʻyinlari, lotereyalar va bukmekerlik idoralarini reklama qilish uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling