Toshkentdagi onkologiyaga ixtisoslashgan shifoxona binolarini sotish bo'yicha auksion savdolari bekor qilindi

Mazkur obyektlarning sotilishi hisobiga yangi zamonaviy Onkologiya markazi qurilishini amalga oshirish bo‘yicha jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda jarayon to‘xtatilgan

Foto: E-Auksion

Foto: E-Auksion

Toshkentdagi onkologiya kasalliklariga ixtisoslashgan bir nechta shifoxonalar bino va inshootlari sotuvga qoʻyilgani haqida xabar berilgan edi.

Unga koʻra, umumiy maydoni sal kam 10 gektarni tashkil qiladigan respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining 281,7 milliard soʻm;

umumiy maydoni 2,68 gektarni tashkil qilgan Toshkent viloyati onkologiya kasalliklari shifoxonasining bino va inshootlari 92 milliard soʻm;

shuningdek, umumiy maydoni 4,64 gektar boʻlgan Chilonzor tumanida joylashgan, Toshkent shahar onkologiya kasalliklari shifoxonasi bino va inshootlari 160,4 milliard soʻm boshlangʻich narx bilan sotuvga qoʻyilgan edi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bergan xabarga koʻra, hozirda mazkur auksionlar toʻxtatilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda mazkur obyektlarning sotilishi hisobiga yangi zamonaviy Onkologiya markazi qurilishini amalga oshirish boʻyicha jamoatchilik fikri oʻrganilgan.

Shuningdek, oʻrganishlardan kelib chiqqan holda tegishli topshiriqqa asosan, Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini auksion orqali sotish jarayoni toʻxtatildi va savdodan olib tashlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling