Farg'ona viloyati IIB muassasasida 14 yoshli o'smirni urib o'limiga sababchi bo'lganlar qamoqqa olindi

Bundan tashqari, ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Fargʻonada 14 yoshli voyaga yetmagan shaxs 17-oktyabr kuni Fargʻona viloyati IIB muassasasida vafot etganligi haqida xabar berilgan edi.

Hozirgi kunda ushbu holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan ogʻir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh Prokuratura xabar qilishicha, tergov mobaynida ikki nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi marhumni urib, uning oʻlimiga sabab boʻlgan tan jarohatlari yetkazishgani maʼlum boʻlgan.

Mazkur holat guvohlarning koʻrsatuvlari va boshqa dalillar bilan oʻz isbotini topgan.

Shu sababli, jinoyat ishi doirasida ushbu ikki nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi qamoqqa olingan.

Bundan tashqari, ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Bosh prokuratura tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi va tekshiruv ustidan nazorat oʻrnatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling