Farg'onada o'qituvchini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan ayol jazoga tortildi

Oʻquvchi dars paytida tashqariga chiqib ketayotganida oʻqituvchi unga tanbeh bergani sababli oʻquvchi esa oʻzining yaqinlarini aytib kelgan va natijada, janjal yuz bergan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi maktablarning birida oʻquvchi dars paytida tashqariga chiqib ketishi sabab oʻqituvchi bilan tortishib qolgani, shundan soʻng oʻquvchi ikki nafar ayol yaqinlarini aytib kelgani va natijada ular oʻrtasida janjal yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

Janjal natijasida ikki nafar oʻqituvchi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilishgan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Margʻilon shahar sudida koʻrib chiqildi.

Unga koʻra, oʻqituvchini kaltaklaganligi uchun ayollarning biriga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41 (Haqorat qilish ) va 2-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, BHMning 5 baravari ( 1 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling