Videodan
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida erkak xotinini bog‘cha bolalari ko‘z o‘ngida kaltaklagani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. "Daryo"ning yozishicha, keyinchalik er ayolini pichoqlab o'ldirgan.
Ma'lum bo'lishicha, 24 yoshli ayol poliklinikada hamshira bo‘lib ishlagan.
Qayd etilishicha, oilaviy kelishmovchiliklar tufayli ota uyiga ketib qolgan ayolini eri qidirib kelgan. Ayolning ota-onasi ham kuyov o‘zi kelgani uchun andisha qilib, ko‘rishishga ruxsat bergan.
G‘irt mast ahvolda bo‘lgan er esa ayol bilan ko‘rishgan zahoti bo‘yniga pichoq tiragan va uni urib qiynab azoblagan. Keyin esa xotinini pichoqlab o'ldirgan. So‘ng o‘zi voqea joyidan qochib ketgan.
Ayolning otasi qizini mashinaga solib, shifoxonaga olib ketayotganda yo'lda olgan tan jarohatlari ta'sirida halok bo'lgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling