Foto: Prezident matbuot xizmati
MDHga aʼzo davlatlarning norasmiy uchrashuvi 26-27-dekabr kunlari Sankt-Peterburga boʻlib oʻtadi. Bu haqda tashkilot ijrochi kotibi Sergey Lebedevning soʻzlariga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
“Keyingi hafta MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining Sankt-Peterburgda muhim norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Rossiya prezidentining taklifiga binoan 26-27-dekabr kunlari ushbu uchrashuv amalga oshadi. Umid qilamizki, bu bizning hamkorligimizga qoʻshimcha turtki boʻladi”, — deydi Lebedov.
Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2022-yil oxirigacha MDH sammitini oʻtkazilishi mumkinligini maʼlum qilgan edi. Biroq, u mazkur uchrashuvning aniq sanasi haqida aytmagandi.
Maʼlumot uchun, 7-oktabr kuni MDH davlatlari rahbarlarining soʻnggi norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Soʻngra davlat rahbarlari koʻp tomonlama hamkorlik va mintaqaviy hamkorlikning barcha jihatlarini muhokama qilgan. Uchrashuv davomida, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya sohalarida yaqin hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling