Foto: IIV matbuot xizmati
Xorazm viloyatida terroristik tashkilot safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 23 yoshli ayol ushlandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Xorazm viloyatida yashovchi ayol internetdan foydalanishi davomida Suriyadagi xalqaro terroristik tashkiloti “jangari”larining taʼsiriga tushib qolgan. Maʼlum qilinishicha, ayol tashkilot safiga qoʻshilish uchun chiqib ketayotgan vaqtda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olingan.
Aniqlanishicha, u oʻzining tanishlariga diniy daʼvatlar qilib, internet orqali ularga “jangari”larning qoʻporuvchilik faoliyati aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hibsga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq, Suriyada “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qoʻshilib, jangovar harakatlarda ishtirok etgan yigit Oʻzbekistonga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling