Ekofaollar Vermeer'ning "Marvarid sirg'ali qiz" kartinasiga hujum qilishdi — video

Himoya oynasi ostida bo'lgan kartinaga zarar yetmagani aytilmoqda

Foto: Artnet news

Foto: Artnet news

Niderlandiyaning "Mauritshuis" san'at galereyasida atrof-muhit faollari Yan Vermeerning “Marvaridli sirg‘ali qiz” kartinasiga hujum qilishdi.  

Kartinaga qilingan hujumda ikki kishi ishtirok etgan. Erkaklardan biri peshonasini rasmga qo'yib, uning yoniga qo'lini yopishtirib olib, o'ziga qizil modda surtgan.

Ikkinchisi tomoshabinlardan ingliz tilida so'ragan: "Go'zal narsani yo'q qilish xavfiga duch kelganingizda, o'zingizni qanday his qilasiz? Sayyora endi halokat ostida".

Erkaklar neftga qarshi norozilik namoyishi bo‘lgan "Just Stop Oil" nomi yozilgan futbolkalarda bo‘lgan.

Taxminlarga ko'ra, himoya oynasi ostidagi rasm buzilmagan. "Marvaridli sirg'ali qiz" Vermeerning eng mashhur kartinalaridan biri hisoblanib, u 1665-yilda chizilgan.

Avvalroq Germaniyaning Potsdam shahridagi muzeyda ikki ekofaol Klod Monening “Pichanlar” kartinasiga kartoshka pyuresini sepib, so‘ng qo'llarini devorga yopishtirib olgani haqida xabar bergan edik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar