Foto: CentralAsia
Filippindagi “Nalgae” toʻfoni oqibatida 98 kishi halok boʻldi. Bu haqda mamlakatning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi oʻz hisobotida maʼlum qildi.
Unga koʻra, tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jarohatlangan, yana 63 nafari bedarak yoʻqolgan.
Qayd etilishicha, boʻrondan 1,8 mlndan ortiq odam jabrlangan. 4,1 mingdan ortiq uy zarar koʻrgan, shundan 689 tasi butunlay vayron boʻlgan. Shuningdek, 37 ta infratuzilma obyekti, 195 ta yoʻl va 72 ta koʻprik shikastlangan. 169 ta hududda elektr taʼminoti uzilib, 94 ta hududda elektr taʼminoti qayta tiklangan.
Maʼlumot uchun, Filippinda 27-oktabr kuni kuchli jala boshlandi. Toʻfonning tezligi soatiga 95 km/soat ga yetadi.
Avvalroq, tabiiy ofatdan oqibatida 70 dan ortiq kishi halok boʻlgani, 425 ta aholi punktidagi taʼlim muassasalarida darslar toʻxtatilgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling