Eronda bo'lib o'tayotgan namoyishlarda 40 dan ortiq kishi halok bo'ldi

Huquq himoyachilarining fikricha, haqiqiy raqamlar bundan ham ko'proq bo'lishi mumkin

Foto: Sof.uz<br>

Foto: Sof.uz

Eronda 22 yoshli qiz hijobni noto'g'ri o'ragani sababli politsiya tomonidan hibsga olinganidan keyin vafot etgan edi. Shundan so'ng mahalliy aholi turli namoyishlar o'tkazib, tartibsizliklar keltirib chiqardi. Yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida qurbon bo'lganlar 40 nafardan oshdi.

Ammo, huquq himoyachilarining fikriga ko'ra, haqiqiy raqamlar bundan ham ko'proq bo'lishi mumkin.

Qayd etilishshicha, Osloda joylashgan Eron nohukumat tashkiloti qurbonlar soni 76 nafarga yetganini ma'lum qilgan. Shuningdek, qonun himoyachisi IHR tashkiloti namoyishchilarning kamida 57 nafari halok bo'lgan deya ta'kidlagan.

Shu bilan birga, Amnesty International tashkiloti 23-sentyabr kuni kamida 4 nafar bolaning o'limi va "namoyishchilarga ataylab va noqonuniy ravishda o'q uzilgani" haqida xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, namoyishchilar erkinlikni cheklovchi qonunlarga qarshi ekanliklarini bildirishmoqda.

Xabarga ko'ra, hozirda 1200 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan. Ammo, shunga qaramay mamlakatning yirik shaharlarida ommaviy noroziliklar davom etmoqda.

Inson huquqlari guruhlarining bergan ma'lumotlariga qaraganda, xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi suv purkagichlardan foydalanishgan. Shuningdek, quroldan o'q uzishgan. Namoyishchilar esa bunga javoban ularga qarata tosh otgan, politsiya avtomobillari va jamoat binolariga o't qo'yishgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling