Moskva — Samarqand yo'nalishida uchgan samolyot Toshkentga qoʻndi

Ushbu holatga aerodrom yo'lagi qordan tozalanmaganli sabab bo'lgan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Moskvadan uchgan samolyot Samarqandga qoʻna olmadi va Toshkent aeroportiga yo'naltirildi, deb xabar bermoqda Telegram'dagi "Tashkent Sky News" kanali.

Ma'lum qilinishicha, “Moskva-Samarqand” yoʻnalishidagi aviareys Samarqand aeroporti aerodromi yoʻlagi qordan tozalanmaganligi uchun qoʻna olmagan.

Shu sababli “Aeroflot airlines”ga tegishli Boeing 737-8LJ yoʻlovchi reysi Toshkent aeroportiga yoʻnaltirilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Moskvadan Farg'onaga uchgan samolyot Namanganga qo'ngani haqida xabar qilingan edi. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling