Moskvadan Farg'onaga uchgan samolyot Namanganga qo'nishga majbur bo'ldi

Reys Namanganga qo'nishiga Farg'onadagi noqulay ob-havo sabab bo'lgan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Fargʻona aeroportida noqulay ob-havo tufayli Moskvadan uchgan samolyot Namanganga qoʻnishga majbur boʻldi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” Telegram kanalida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, 20-noyabr kuni Moskvadan havoga koʻtarilgan “Qanot Sharq” aviakompaniyasiga tegishli samolyot noqulay ob-havo sababli Fargʻona aeroportiga qoʻna olmagan va Namangan yoʻnaltirilgan.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways”ning HY-081 Toshkent — Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha parvoz vaqti ham kechiktirildi.

Avvalroq, Moskva-Toshkent yo'nalishida uchgan samolyot favqulodda Navoiyga qo'ndirilgani haqida xabar bergan edik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling