Qoraqalpog'istondagi maktablarning birida o'quvchilarga sifatsiz yeguliklar berilayotgani aytilmoqda

Ushbu holat o'zgarishsiz qolayotganini ma'lum qilishgan

Videodan kadr

Videodan kadr

12-dekabr kuni Beruniy tumani yangiliklarini berib boruvchi Telegram-kanalida tumandagi 63-oʻrta maktabda shunday holatlar sodir boʻlayotgani haqida foto va videoxabarlar joylangan.

Shunda soʻng, oziq-ovqatlarni taʼminlovchi korxona masʼuli havo sovuqligi sabab mahsulotlar issiqdan sovuqqa chiqqanidan soʻng sifatsiz koʻrinishga kelib qolganini aytgan. Shuningdek, u bir kun ichida mahsulotlarni almashtirish yuzasidan maʼlumot berishini maʼlum qilgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Ammo, oradan ikki kun oʻtib, hali hamon sifatsiz oziq-ovqatlar berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yil Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida 1-4 - boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun bepul tushlik berish yoʻlga qoʻyilishi haqidagi taklifidan soʻng, 2022-yildan boshlab mazkur tizim kuchga kirgan.

Maʼlumot uchun, bugun, 20-dekabr kuni davlat rahbari 2023-yildan Toshkent va barcha viloyat maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etilishini maʼlum qildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling