30-dekabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Oʻzbekistonda “DOK-1 Maks” siropi ortidan vafot etgan bolalar oʻlimi yuzasidan munosabat bildirdi.
“Biz Oʻzbekiston rasmiylari bilan aloqadamiz. Hali ham maʼlumot yigʻish va ularni tasdiqlash jarayonidamiz”, – deyiladi munosabatda.
Eslatib oʻtamiz, 30-dekabrdan boshlab Hindistonning “Marion Biotech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va yurtimizda roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha turdagi dori vositalarining savdosi vaqtinchalik toʻxtatildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda “Dok-1 Maks” siropini isteʼmol qilish ortidan 19 nafar bola vafot etdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling