O'zbekiston Marion Biotech kompaniyasining barcha dori vositalarini sotishni to'xtatdi

Dori vositasi tarkibida qoʻshimcha moddalar aniqlangan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Oʻzbekistonda 30-dekabrdan boshlab Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan barcha dori vositalari savdosi toʻxtatildi. Bu haqda Farmasevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.

Agentlik matbuot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatovaning aytishicha, “Marion Biotech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” dori vositasi tarkibida qoʻshimcha moddalar aniqlangani bois, hozirda ishlab chiqaruvchining boshqa mahsulotlari ham chuqur laborator tekshiruvlardan oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Marion Biotech kompaniyasi 19 nafar bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan “Doc-1 Max” preparatini ishlab chiqarishni toʻxtatgan edi.

Oʻzbekistonda huquq-tartibot idoralari xodimlari import qiluvchi “Quramax Medical” kompaniyasi va dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling